DXX: Yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari aylanmasi fosh etildI

DXX: Yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari aylanmasi fosh etildI

13.05.2024 00:00 O'zbekiston 7

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida muntazam tadbirlar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston milliy axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shrabot tumanida yashovchi, 1975-yilda tug‘ilgan fuqaro N.X. giyohvandlik vositalari noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan.

IQVoPYFPdjELAbaZG0QpIDYsthpB6kAL_front

Foto: Uza.uz

Viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda N.X.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda kelgusida sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 10 kg. 395 gr. marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.  

Mazkur holat bo‘yicha N.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rejalashtirilmoqda.

Yana bir holatda DXX viloyat boshqarmasi tomonidan Urgut tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan X.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari davomida X.J.ning yashash manzili ko‘zdan kechirilganda uy yerto‘lasida 600 gramm bo‘lgan opiy giyohvandlik vositasi ko‘milgan holda saqlab kelinayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.