“Chiroyli” avtoraqamlar sotuvi oshmoqda

“Chiroyli” avtoraqamlar sotuvi oshmoqda

20.05.2024 00:00 O'zbekiston 6

Screenshot_3

O‘zbekistonda 2024-yilning birinchi choragida “chiroyli” avtoraqamlar savdosi o‘tgan yilga nisbatan uch barobar ko‘proq — 212,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasida avtomobillarning davlat raqamlarini sotish hajmi 3 barobardan ko‘proqqa oshib, 212,2 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar berdi.

Bu davrda 52,6 ming dona avtoraqam sotilgan bo‘lib, u o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 3,2 barobarga o‘sgan.

Eng qimmat “chiroyli” avtoraqam toshkentlik yuridik shaxsga 517,14 mln so‘mga sotilgan. Boshlang‘ich bahoga nisbatan uning narxi 66,6 foizga oshgan.

Ikkinchi o‘rinni esa yuridik shaxs tomonidan 337 mln 620 ming so‘mga sotib olingan davlat raqami egallagan. Eng qimmat beshtalikka jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan 334,9 va 315,8 mln so‘mlik avtoraqamlar ham kirgan.