Toshkentdan Budapeshtga aviareyslar qo‘yilmoqda

Toshkentdan Budapeshtga aviareyslar qo‘yilmoqda

24.05.2024 00:00 O'zbekiston 6

photo_2023-07-23_17-38-55

foto:Mayseldon.com

Qanot Sharq kompaniyasi 30-iyundan O‘zbekiston va Vengriya poytaxtlari o‘rtasida haftasiga bir marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi, keyinchalik qatnovlar soni ikkitagacha oshirilishi mumkin

Qanot Sharq (O‘zbekiston) aviakompaniyasi 30-iyundan boshlab Toshkent — Budapesht — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar berdi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Dunyo” axborot agentligi.

Bu O‘zbekiston va Vengriya tashqi ishlar va transport vazirliklari o‘rtasidagi kelishuv tufayli amalga oshdi.

Parvozlar har yakshanba kuni amalga oshiriladi. 4-sentabrdan chorshanba kunlari yana bir reys qo‘shilishi rejalashtirilgan.

Qanot Sharq kompaniyasi bosh direktori Moisey Pak yangi yo‘nalish “nafaqat transport qulayligini oshirishi, balki mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashi”ga ishonch bildirdi.

.