Yozda Jizzaxda kichik AES qurilish ishlari boshlanadi

Yozda Jizzaxda kichik AES qurilish ishlari boshlanadi

28.05.2024 00:00 O'zbekiston 5

IhUR7T17168258469667_b

Yozda Jizzax viloyatida Rossiya loyihasi bo‘yicha kam quvvatli (330 MVt) AES qurilishi boshlanadi. “Rosatom” uchun bu shu turdagi stansiya qurish bo‘yicha birinchi eksport shartnomasi hisoblanadi. “Tanlangan maydon allaqachon tekshirilgan, yaroqliligi va xavfsizligi tasdiqlangan”, — deyiladi rasmiy xabarda.

Mintaqadagi birinchi kam quvvatli atom elektr stansiyasi O‘zbekistonda Rossiya texnologiyasi asosida quriladi. Bu haqdagi hujjatlar, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida 27-may kuni imzolandi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasi agentligining AES qurish direksiyasi va “Atomstroyeksport” kompaniyasi (“Rosatom” injiniring bo‘limi) O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektrostansiyasi (KQAS) qurish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Bundan tashqari, 2018-yil 7-sentabrdagi O‘zbekiston hududida atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi.

Atom energetikasi agentligi va “Rosatom” press-relizida aytilishicha, QQAS 330 MVt quvvatga ega (har biri 55 MVt quvvatga ega oltita rektor) bo‘ladi va Jizzax viloyatida quriladi. Stansiya qurilishida “Rosatom” bosh pudratchi bo‘ladi, O‘zbekiston kompaniyalari ham ishtirok etadi.

Maydonda qurilish ishlari yozda boshlanadi. “Tanlangan maydon allaqachon tekshirilgan, yaroqliligi va xavfsizligi tasdiqlangan, bu loyihani amalga oshirish vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi”, — deyiladi press-relizda.

“Rosatom” uchun bu KQAS qurish bo‘yicha birinchi eksport shartnomasidir. “Va bu shunchaki dastlabki kelishuv emas, biz shu yozning o‘zidayoq qurilishni boshlaymiz”, — dedi “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov.

Shavkat Mirziyoyev kelishuvga izoh berar ekan, shunday dedi: “Dunyodagi deyarli barcha yetakchi davlatlar o‘z energetik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini atom energetikasi hisobiga ta’minlamoqda. Agar biz O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichiga chiqish istiqbollari haqida o‘ylasak, katta miqdordagi uran zaxiralariga ega va uni uchinchi davlatlarga eksport qilayotgan mamlakatimiz uchun bu loyiha hayotiy ahamiyatga ega”.

RITM-200N`ning issiqlik quvvati 190 MVt, elektr quvvati 55 MVt, xizmat muddati 60 yilgacha bo‘ladi. RITM-200N reaktori ishlab chiqilgan RITM 200 seriyali reaktorlari Arktika sharoitida Rossiya muzyorar kemalarida sinovdan o‘tkazilgan.