2023 yilda O‘zbekistonga 30 ta davlatdan gumanitar yordam yuklari kelgan

2023 yilda O‘zbekistonga 30 ta davlatdan gumanitar yordam yuklari kelgan

31.05.2024 00:00 O'zbekiston 6

23903552_160_0_1120_960_1920x0_80_0_0_ee0929e920bcc84654730293d0828082

foto:Sputnik.uz

2023 yilda O‘zbekistonga kirib kelgan yuklar miqdori 197 mln 842 ming dollar baholangan. Yuklar asosan besh davlatdan yuborilgan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobotiga ko‘ra, gumanitar yordamning asosiy ulushi quyidagi davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi:

  • Germaniya (71 mln 379,4 ming dollar yoki yordamning 36 foizi);

  • Xitoy (27 mln 467,6 ming dollar, 13,9 foiz);

  • AQSh (23 mln 234,2 ming dollar, 11,8 foiz);

  • Belgiya (22 mln 620,2 ming dollar, 11,4 foiz);

  • Shveytsariya (20 mln 757,8 ming dollar, 10,5 foiz).

Kirib kelgan gumanitar yordam sohalar kesimida:

  • sog‘liqni saqlashga (169 mln 233,5 ming dollar);

  • ijtimoiy sohaga (1 mln 244,4 ming dollar);

  • ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga (943,2 ming dollar);

  • ta’limga (247,2 ming dollar) yo‘naltirilgan.

Yordamlar gumanitar yordam oluvchi tashkilotlar bo‘yicha:

  • SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga 58,2 foiz;

  • «Ta’minot va logistika xizmati» unitar korxonasiga 17,2 foiz;

  • Gematologiya ilmiy tadqiqot institutiga 10,5 foiz;

  • «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondiga 11,2 foiz ulush to‘g‘ri keladi.