Toshkentda yakshanba kuni 121 ta masjid atrofidagi yoʻllar yopiladi

Toshkentda yakshanba kuni 121 ta masjid atrofidagi yoʻllar yopiladi

12.06.2024 00:00 O'zbekiston 6

Toshkentda hayit namozi oʻqilishi munosabati bilan 16-iyun kuni soat 00:00 dan 7:00 gacha 121 ta masjid atrofidagi yoʻllarda transport vositalari harakati vaqtincha toʻxtatiladi.Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra poytaxtning quyidagi koʻchalari va yoʻllarda avtotransport vositalarining harakati toʻliq cheklanadi:

Без названия

Mirzo Ulugʻbek tumani:

«Toʻra buva» masjidi oldidagi Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi—Shoʻrtepa koʻchasidan, Buyuk Ipak yoʻli—Sultoniya koʻchasigacha.

Bektemir tumani:

«Xoʻton» masjidi oldidagi Bektemir shoh koʻchasi—Husayn Boyqaro koʻchasidan Bektemir yoʻli koʻchasigacha.

Olmazor tumani:

«Islomobod» masjidi oldidagi KHAY koʻchasi—KHAY—Sagʻbon koʻchalari chorrahasidan, Nurafshon—Sagʻbon koʻchalari chorrahasigacha.

«Hazrati imom» masjidi oldidagi Qorasaroy koʻchasi—Qorasaroy—Nurafshon koʻchalari chorrahasidan, Qorasaroy—Abdulla Qodiriy koʻchalari chorrahasigacha.

Shayxontohur tumani:

«Shayx Zayniddin» masjidi oldidagi Koʻkcha Darvoza—Nurafshon koʻchalari chorrahasidan Koʻkcha Darvoza—Beshqayragʻoch koʻchalari chorrahasigacha.

«Xoʻja Alambardor» masjidi oldidagi Bunyodkor—Kamolon koʻchalari chorrahasidan Kamolon—Ustazoda 2-tor koʻchalari chorrahasigacha.

«Kox ota» masjidi oldidagi Sebzor koʻchasi—Nurafshon—Sebzor koʻchalari chorrahasidan Nurafshon—Labzak koʻchalari chorrahasigacha.

Chilonzor tumani:

«Ubay ibn Kaʼb» masjidi oldidagi Al-Xorazmiy koʻchasi—Al Xorazmiy—Xirmontepa koʻchalari chorrahasidan Al Xorazmiy—Katta qaʼni chorrahasigacha.

«Katta Qozirobod» masjidi oldidagi Chilonzor koʻchasi—Chilonzor—Choʻponota koʻchalari chorrahasidan Chilonzor—Nurxon koʻchalari chorrahasigacha.

«Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi oldidagi Soʻgalli ota koʻchasi—Al-Xorazmiy—Soʻgalli ota koʻchalari kesishmasidan Xonobod 2-berk koʻchasidan—Soʻgalli ota koʻchasigacha.

«Novza» masjidi oldidagi Bunyodkor—Muqimiy koʻchalari kesishgan koʻprik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha boʻlgan yoʻlda harakat cheklanadi.

Uchtepa tumani:

«Abdulloh ibn Maʼsud» masjidi oldidagi Lutfiy koʻchasi—Lutfiy—Xirmontepa koʻchalari chorrahasidan Lutfiy—Katta qaʼni koʻchalari chorrahasigacha.

«Hazrati Ali» masjidi Nazarbek—Mahorat koʻchalari chorrahasidan Nazarbek—Zamaxshariy 1-tor koʻchalari chorrahasigacha.

Yunusobod tumani:

«Minor» masjidi oldidagi KHAY koʻchasi—KHAY va Koʻrgazma koʻchalari chorrahasidan КҲАЙ—Ш.Рашидов koʻchalari chorrahasigacha.

«Mirzo Yusuf» masjidi oldidagi Bogʻishamol koʻchasi—Bogʻishamol koʻchasidan Shivli koʻchasigacha.

Yakkasaroy tumani:

«Usmon bin Maʼzun» masjidi oldidagi KHAY koʻchasi—KHAY—Qushbegi chorrahasidan KHAY—Fayzli Toshkent koʻchalari chorrahasigacha.

Yashnobod tumani:

«Islom ota» masjidi oldidagi Fargʻona yoʻli koʻchasi—Fargʻona yoʻli—Fitrat koʻchalari chorrahasidan Fargʻona yoʻli—Tolimarjon koʻchalari chorrahasigacha.

«Ali ibn Abu Tolib» masjidi oldidagi Choʻlpon koʻchasi—Imom Buxoriy—Choʻlpon koʻchalari chorrahasidan, Choʻlpon—Salohiyat koʻchalari chorrahasigacha.

Mirobod tumani:

«Qoʻyliq ota» masjidi oldidagi TXAY koʻchasi—«Qoʻyliq» bozori koʻprik ostidan THAY va Munis koʻchalari chorrahasigacha cheklanadi.

Qoʻshimcha qilinishicha, 16-iyun soat 00:00 dan 10:00 ga qadar Toshkentda barcha turdagi yuk transport vositalarining harakati (kirish-chiqish-shahar ichida harakatlanish) vaqtincha cheklanadi.