Toʻgʻridan-toʻgʻri reys Samarqand va Sian shaharlarini bogʻlaydi

Toʻgʻridan-toʻgʻri reys Samarqand va Sian shaharlarini bogʻlaydi

16.06.2024 00:00 O'zbekiston 6

“Air Marakanda” va “Loong Air” aviakompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida ilk bor Siandan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yildi.

rejs_sian_samarkand

Siandan kelayotgan samolyot Samarqand xalqaro aeroportiga mahalliy vaqt bilan  soat 12:08 da qo‘ndi. An’anaviy tarzda reys suv arkasi bilan kutib olindi. Yo‘lovchilar, aviakompaniya delegatsiyasi, turoperatorlar va Xitoy ommaviy axborot vositalari vakillari karnay va surnay sadolari ostida kutib olindi.

Samarqand aeroporti terminalida yo‘lovchi va mehmonlar uchun tematik foto zona va Samarqand tut qog‘oziga xattotlik yozuvlari uchun maydon o‘rnatildi. Ularga milliy shirinliklardan choy berildi.

Yo‘nalish bo‘yicha parvozlar haftasiga ikki marta - chorshanba va yakshanba kunlari Airbus 320 samolyotlarida amalga oshiriladi.