11
11

Cho‘lni qanday jilovlash mumkin?

01.10.2026 21:00 Video 4477

Ushbu yo‘nalishdagi olimlardan biri Chju Chengang. U Shinjon hududida tug‘ilib, voyaga yetgan va Xitoy Fanlar akademiyasi Shinjon ekologiya va geografiya institutida ilmiy xodim bo‘lib ishlaydi. Uning bu sohaga qiziqishi mahalliy tabiatning o‘ziga xos xususiyatlari hamda suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish zarurati bilan bog‘liq.

Uning faoliyat yo‘nalishlaridan biri — hududni kompleks ilmiy o‘rganish bo‘lib, uning doirasida Kunlun tog‘larining shimoliy yonbag‘irlaridagi suv resurslari va ulardan foydalanish imkoniyatlarini tadqiq qiladi. Ikkinchi yo‘nalish esa Taklamakon cho‘li atrofidagi hududlarni muhofaza qilish loyihalarini ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq.

2024 yil noyabr oyida cho‘l atrofida uzunligi 3046 kilometr bo‘lgan yashil himoya kamari shakllantirildi. Xotan viloyatining Yutyan tumanida 13 ming gektardan ortiq maydonda saksovul va sistanxe yetishtirilmoqda. O‘simliklar qumlarni mustahkamlashga yordam beradi, sistanxe esa farmatsevtika sanoati uchun xomashyo sifatida ishlatiladi.

Kelgusida Chju Chengang suv resurslari, tuproq holati va ulardan oqilona foydalanish sohasidagi tadqiqotlarini davom ettirishni rejalashtirmoqda. Xitoy Demokratik Ligasi a’zosi sifatida u mahalliy hokimiyat organlari uchun ilmiy tavsiyalar tayyorlash bilan ham shug‘ullanadi.