San-Fransiskoda otishma yuz berdi. Toʻrt nafar bola jarohat oldi

Hayot uchun xavfli jarohatlar olgan erkak va toʻrt nafar voyaga yetmagan bola kasalxonaga olib ketilgan.

10.11.2025 11:15 Dunyo 2112 ipaknews.uz Dunyo

AQSHning San-Fransisko shahridagi supermarketlardan birining oldida sodir boʻlgan otishmada besh kishi jarohat oldi. Bu haqda “Associated Press” mahalliy huquqni muhofaza qilish organlariga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar tarqatdi.

“Politsiya yakshanba kuni San-Fransiskodagi supermarket oldida sodir boʻlgan otishmada besh kishi, ulardan biri jiddiy jarohat olganidan keyin tergov boshladi”, — deyiladi manbada.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, hayot uchun xavfli jarohatlar olgan erkak va toʻrt nafar voyaga yetmagan bola kasalxonaga olib ketilgan.