Uzbekistan Airways rasmiy munosabat bildirdi

13.03.2024 00:00 O'zbekiston 6

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yuqorida aytib o‘tilgan havo kemasi turining deyarli barcha ekspluatantlari (foydalanuvchilari): All Nippon Airways, Japan Airlines, United airlines, American Airlines, Air New Zealand va boshqalar, iqlim sharoitidan qat’i nazar, shunga o‘xshash muammoga duch kelishgan. Barcha aviatashuvchilar ultrabinafsha nurlar ta’sirida ushbu turdagi havo kemalaridagi bo‘yoq qoplamasini ko‘chishi haqida muntazam ravishda xabar berishadi. Shu bilan birga, bu vaqtinchalik chora hisoblanadi va Boeing konserni ko‘chib ketgan bo‘yoqni tiklash uchun ultrabinafsha nurlanishini to‘suvchi qo‘shimcha ustki qatlamni qo‘shishni rejalashtirmoqda. “Speed tape” lentasi bo‘yoqni keyingi bo‘yoq ko‘chishidan himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birga, Boeing kompaniyasi kompozit yuzalarida bo‘yoq qoplamasi muammolariga duch kelayotgan yagona aviatsiya ishlab chiqaruvchi emas.

Ushbu muammo Boeing 787-Dreamliner, yangi avlod havo kemasi, aviatsiya uchun nisbatan yangi materiallardan - taxminan 80% kompozitlardan yaratilganligi bilan bog‘liq. Ultrabinafsha nurlanishni, shuningdek parvoz paytida havo kemasining egiluvchanligini hisobga olgan holda, qo‘llaniladigan bo‘yoq qatlamlari bardosh bera olmaydi va katta bo‘laklar bilan ko‘chib ketadi. Ishlab chiqaruvchi kompaniyaning tahliliga ko‘ra, bunday bo‘yoq ko‘chishi kosmetik nuqson bo‘lib, parvozning yaroqliligi va havo kemasi parvozlarining xavfsizligiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi'"-deyiladi  rasmiy munosabatda.