Samarqand shahridagi ko‘chalarda yangi svetofor va boshqaruv qurilmalari o‘rnatilmoqda.

06.05.2024 00:00 O'zbekiston 5

Samarqand shahridagi ko‘chalarda yangi svetofor va boshqaruv qurilmalari o‘rnatilmoqda. 

Dr0IzNllEHayjbjGSBZYAcMZtszvjz8p_front

Foto: Uza.uz

O‘zbekiston milliy axborot agentligi tomonidan xabar qilishicha, Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi qurilmalar xalqaro standart talablariga mos, issiq va sovuq ob-havo sharoitiga chidamli, haydovchi va piyodalar uchun ko‘rinishi aniq, qizil va yashil chiroqlarning almashish vaqtini aniq ko‘rsatib turadi.

Svetofor alohida imkoniyatlarga ega bo‘lib, har bir yo‘nalish kuzatuv kamerasi bilan jihozlanib, chorrahada harakatlanayotgan transport vositalarini videotasvirga oladi. Boshqaruv apparati kuzatuv kameralaridan videotasvirga olingan ma’lumotlar asosida chorrahadan o‘tayotgan transport vositalarining hisobini (soni) jamlab, transport oqimidan kelib chiqib, svetofor qurilmasining ishlash tizimiga avtomatik o‘zgartirish kiritib, tartibga soladi. 

Boshqaruv apparati qutisi ichiga elektr quvvati zaxirasini ushlab turuvchi batareyalar o‘rnatilgan. Bu esa elektr tarmog‘i ta’minotida uzilish bo‘lganda, svetofor qurilmasini 5 soatgacha elektr bilan ta’minlash imkoniyatini beradi.

Chorrahalarda o‘rnatilgan svetofor qurilmalarining boshqaruv apparati viloyat Ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilgan Situatsion markazga ulanadi. Bu chorrahalarda harakatlanayotgan transport vositalarini kuzatish, ularning hisobi, ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari, turlari, harakatlanib o‘tgan vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish, transport oqimidan kelib chiqib, svetofor qurilmasining ishlash tizimini operator tomonidan o‘zgartirishga imkoniyat yaratadi.