Xitoy OAVlarida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisidagi ishtirokiga bag'ishlangan maqolalar e'lon qilindi.

06.05.2024 00:00 O'zbekiston 5

"Sinxua" axborot agentligi va "china.org.cn" axborot portalida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisidagi ishtirokiga bag'ishlangan maqolalar e'lon qilindi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi. 

1715002083240_044png

Maqolalarda qayd etilishicha, O'zbekiston rahbari o'z nutqida xorijiy sarmoyalarni jalb etish bo'yicha to'rtta ustuvor yo'nalishni belgilab bergan.

Xususan, u hukumat hamda investorlar o'rtasida ochiq va samarali muloqotning yo'lga qo'yilgani barqaror iqtisodiy taraqqiyotning asosiy kaliti ekanini qayd etdi, deyiladi maqolalarda.

"Ushbu sessiyada O'zbekiston rahbari muayyan yo'nalishlar bo'yicha ishchi guruhlarni tashkil etishni taklif qildi hamda kengashning kelgusi faoliyati ustuvor yo'nalishlarini, jumladan, kapital bozorini rivojlantirish, mas'uliyatli biznes yuritish, muqobil investitsiyalarni rag'batlantirish va investorlar bilan ishlash tizimini raqamlashtirishni ko'rsatib o'tdi", — deb qayd etgan manbalar.

Ta'kidlanganidek, O'zbekiston rahbari kengash a'zolarining qo'llab-quvvatlashi orqali respublika jadal o'sish sur'atlarini namoyish etishda davom etishi, xalq turmush darajasini oshirishi va mamlakatning farovon kelajagini ta'minlashiga ishonch bildirdi.

"Xorijiy investorlar kengashi 2019-yilda tuzilgan. Uning asosiy vazifasi jahon amaliyotining eng muvaffaqiyatli tajribasi va yutuqlari asosida O'zbekiston hukumatiga mamlakatni sarmoyaviy, sanoat, texnologik va innovatsion rivojlantirishning eng muhim yo'nalishlari bo'yicha maslahatlar berishdan iborat. Kengashning birinchi sessiyasi 2022-yilda bo'lib o'tgan", — deya ta'kidlagan Xitoy OAV.