O‘zbekiston futzal terma jamoasi dunyo reytingida 11-o‘rindan joy oldi

07.05.2024 00:00 O'zbekiston 5

FIFA tomonidan futzal milliy terma jamoalarining yangilangan reytingi e’lon qilindi. E’tiborli jihati unda O‘zbekiston futzal  termasi 1288,96 ochko jamg‘argan holda, 11-o‘rinda qayd etildi. 

photo_2024-05-06_20-11-50

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi telegram sahifasi.

Braziliya terma jamoasi FIFA reytingida birinchi o‘rinni egallagan. Amaldagi Jahon chempioni Portugaliya ikkinchi, Ispaniyani bu borada uchinchi pog‘onalarni band etgan. 

Osiyo qit’asi vakili Eron 4, Argentina jamoasi kuchli beshlikdan o‘rin olgan.

Kuchli beshtalikdan o‘rin olgan termalar va mezbon sanalgan O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimida 1-savatchaga joylashtiriladi. 2-savatchada esa Marokash, Qozog‘iston, Tailand, Fransiya, Ukraina va Paragvay jamoalari bo‘ladi.

Shu tariqa futzal bo‘yicha JCH-2024 ishtirokchilari FIFA reytingida egallagan o‘rinlariga qarab saralanadi va guruhlarga ajratiladi.