foto:Uzrailway
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 10,11,12-may kunlari Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi. Avvalroq poytaxtdan Qarshiga ham 8, 9-mayda qo‘shimcha poyezdlar qatnovi bo‘lishi xabar qilingandi.
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ 10,11,12-may kunlari Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakatini yo‘lga qo‘ydi.
Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- 775-sonli Samarqand — Toshkent yo‘nalishi: Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26.
- 776-sonli Toshkent — Samarqand yo‘nalishi: Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
Chiptalarni nafaqat temiryo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish imkoni mavjud.