O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga keldi

08.05.2024 00:00 O'zbekiston 5

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga keldi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Vnukovo” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

f9340def-38c6-ce55-f950-22dbc477f3a5_lists_slider_7220

Foto: President.uz

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Prezidenti Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yubiley yig‘ilishida hamda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi, shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

 

14895355-89c8-c868-1205-79fd2a83b6ed_lists_slider_7220

Foto: President.uz