Baxtiyor Saidov Pokiston prezidenti bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Pokiston prezidenti bilan uchrashdi

10.05.2024 00:00 O'zbekiston 5

мид-isGWJUVn

Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

“Ikki tomonlama munosabatlarimizda hali foydalanilmagan ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan O‘zbekiston—Pokiston aloqalarini kengaytirish tarafdorimiz. Uchrashuvimiz kun tartibida iqtisodiy diplomatiyadagi muhim imkoniyatlarni ko‘rsatuvchi keng ko‘lamli mavzular muhokama qilindi. Biz davlat tashkilotlari va xususiy sektor vakillari o‘rtasida mustahkam hamkorlikni rag‘batlantiramiz”, — deyiladi xabarda.

.