6-may Toshkentdagi kompaniya binosida Huawei rasmiy do‘konining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yangi Huawei Experience Store – bu Huawei ning aqlli qurilmalari va mobil xizmatlarining yaxlit tajribasini taqdim etishga mo‘ljallangan iste’molchilarga yo‘naltirilgan do’kon.
2024-yil 6-may Huawei kompaniyasi binosida Huawei Experience Store’ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Do‘kon kompaniyaning O‘zbekistondagi yangilangan ko‘rgazma zalining bir qismiga aylandi, unda aqlli qurilmalar va texnologiyalar odamlarning kundalik hayotida qanday o’zgarishlar kiritishiga qaratilgan taqdimot bo’lib o’tdi. Marosimga Huawei kompaniyasining iste’mol segmenti ekotizimi bo’yicha hamkorlar taklif etildi.
Huawei Experience Store Afrosiyob 28/14, Huawei binosi, B blokida joylashgan. Do‘kon eshiklari har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha ochiq.