Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

10.05.2024 00:00 O'zbekiston 5

Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov ishtirokida Buxoro viloyatida jamoat xavfsizligini hamda kriminogen vaziyatning barqarorligini ta’minlash masalalariga oid tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.

z0mrk9CzXqx8RuHz4yAU0rkslv0W8oKC_front

Foto: Uza.uz

O‘zbekiston milliy axborot agentligi tomonidan xabar qilinishicha, tadbirda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmat rahbarlari, viloyat sektor mutasaddilari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarining mas’ul xodimlari qatnashgan.

Qayd etilganidek, yig‘ilishda viloyatda joriy yilning hisobot davrida jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari, jamoat xavfsizligi konsepsiyasida belgilangan vazifalarning ijrosi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishi hamda boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. 

646K6H9v60ugFaOXv9u4y2Efn168KMuV_front

Foto: Uza.uz

Tadbirda tashkiliy masala ko‘rildi. Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Tursunov Ikromjon Normurodovich tayinlandi. 

4QeU56Or8PrQUkFYzrcMkWZ5EMUl6rBq_front

Foto: Uza.uz

Yig‘ilishda ko‘tarilgan muammolar va yechimini kutayotgan masalalar bo‘yicha soha mutasaddilarining taklif va mulohazalari tinglandi.