O‘zbekiston va xalqaro shaharlar o‘rtasida 10 ta avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston va xalqaro shaharlar o‘rtasida 10 ta avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yiladi

13.05.2024 00:00 O'zbekiston 48

Transport vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Bishkek, Ostona, Dushanbe, Ufa, Turkiston va Krasnodar shaharlari bilan avtobus yo‘nalishlari ochilishi rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston milliy axborot agentligi xabar berdi.

dc1d85989c95b9f9e45c97e89e983145

Foto: Mintrans.uz

Qayd etilishicha, 2024 yil davomida 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishlari ochiladi. 

Rejalashtirilayotgan yo‘nalishlar quyidagilar:

— Samarqand – Bishkek; 

— Buxoro – Bishkek; 

— Buxoro – Ostona; 

— Samarqand – Turkiston; 

— Buxoro – Turkiston; 

— Shahrisabz – Turkiston; 

— Samarqand – Dushanbe; 

— Buxoro – Dushanbe; 

— Toshkent – Ufa; 

— Toshkent – Krasnodar. 

Bugungi kunda jami 32 ta milliy va xorijiy tashuvchilar tomonidan Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga 37 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 196 ta avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. 

2024 yil yanvar-aprel oylari davomida xalqaro avtobus yo‘nalishlarida 173 ming nafar yo‘lovchi tashilgan. Ko‘rsatkichlar 2023 yil mos davriga nisbatan 15 foizga oshgan.