Toshkentdagi transport kartalari sotish shoxobchalari faoliyati tugatiladi

Toshkentdagi transport kartalari sotish shoxobchalari faoliyati tugatiladi

15.05.2024 00:00 O'zbekiston 6

0_xnQR-a_aZLz0xiPszKrCpaiQlfym9b

foto:Darakchi.uz

Toshkentda 15-maydan boshlab barcha transport karta sotish shoxobchalari faoliyati to‘xtatiladi. 

Ma’lum qilinishicha, ATTO kartalarini xarid qilish, hisobini to‘ldirish va tarif sotib olish xizmatlari markaziy pochta bo‘limlari orqali amalga oshiriladi.

Maʼlumot uchun, aprel oyida jamoat transporti orqali jami 32,3 milliondan ortiq tranzaksiya amalga oshirilgan. Shundan 13,8 millioni transport (5,7 millioni tarif kartalari orqali), 11,4 millioni esa bank kartalari hissasiga to‘g‘ri keladi.

QR-chiptalaridan metroda 6,3 million martadan ortiq foydalanilgan. Avtobuslarda QR-to‘lovlar yordamida 371 ming, metroda mobil QR yordamida jami 222 ming tranzaksiya amalga oshirilgan.

Yo‘lovchilarning virtual kartalar yordamida  amalga oshirgan tranzaksiyalari soni jami 142 mingtani tashkil etdi.