O‘zbekistonda oltin narxi yana oshdi

O‘zbekistonda oltin narxi yana oshdi

16.05.2024 00:00 O'zbekiston 7

sO_cZjjYtpE8AChNURLlh1CNsBdmES8M

foto:Google Images

Oltin quyma va esdalik tangalar narxi 16 may, payshanba kuni yangi maksimal darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Og‘irligi 5 gramm bo‘lgan oltin quyma hozirda 5,04 million so‘mga baholanmoqda. Bir grammning narxi 1 008 040 so‘m yoki o‘tgan kunga nisbatan 1,8 foizga qimmat.

O‘zbekistonda yil boshidan buyon oltin narxi 18,9 foizga oshdi. 

Markaziy bank 2018 yilda aholiga oltin tangalarni sotishni boshladi, ikki yildan so‘ng esa ularga oltin quymalari ham qo‘shildi. Yakka tartibdagi xaridorlarga ma’lum shartlar asosida ularni O‘zbekistondan olib chiqishga ruxsat berildi.