Malayziya Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Malayziya Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

17.05.2024 00:00 O'zbekiston 5

Rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi, mamlakatimizning mustaqil taraqqiyot yo‘li va ushbu noyob majmuaning yaratilishi tarixi bilan tanishdi.

5a1601f6-81e7-632b-ac1f-1cd28dfdec37_lists_slider_

Foto: Gov.uz

Tashrifning oliy darajadagi tadbirlari  bugun, kunning ikkinchi yarmida "Ko‘ksaroy" qarorgohida bo‘lib o‘tadi.  

Oliy martabali mehmon Samarqand va Buxoro shaharlariga ham tashrif buyurib, xalqimizning boy madaniy-tarixiy va ma’naviy merosi bilan tanishadi, qo‘shma biznes forumida ishtirok etishi ma'lum qilindi.