Namanganda 63-xalqaro "Gullar festivali" ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Namanganda 63-xalqaro "Gullar festivali" ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

20.05.2024 00:00 O'zbekiston 5

992a56a083709e93efbedd056ca00fcb

Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istrohat bog‘i yonida festivalning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Go‘zallik festivalini Namangan viloyati hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Shavkatjon Abdurazzoqav ochib berdi,bu bayram yillar davomida takomil topib, viloyatning "tashrif qog‘ozi"ga aylanib ulgurganini ta’kidladi.

Buni yildan yilga ushbu saylga tashrif buyurayotganlar qamrovi kengayib borayotgani, birgina o‘tgan yilgi festivalga 5 millionga yaqin kishi mehmon bo‘lib kelganidan ham ko‘rish mumkin. Bu yilgi anjumanda esa 7 mln. mehmon tashrifi kutilmoqda.

Shuningdek, viloyat rahbari 63-xalqaro "Gullar festivali" o‘tkazilishiga yaqindan ko‘mak bergan barcha mas’ul idoralar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar, Madaniyat, Turizm vazirliklari mutasaddilariga alohida minnatdorchilik bildirib o‘tdi.