Samarqanddan Toshkentga qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdi yo‘lga qo‘yildi
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida joriy yil 24-25-26 may kunlari 775/776-sonli "Samarqand - Toshkent - Samarqand" yo‘nalishida "Afrosiyob" elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ matbuot xizmatining xabar berdi.
Qayd etilishicha, poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
775-sonli "Samarqand — Toshkent" yo‘nalishi: Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26
776-sonli "Toshkent — Samarqand" yo‘nalishi, Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05