Dzyudo boʻyicha Birlashgan Arab Amirliklarida oʻtkazilayotgan jahon chempionatida terma jamoasi aʼzomiz aʼzosi Diyora Keldiyorova kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Foto: "Judouz" telegram kanali.
"Xalq so‘zi" nashrining xabar berishicha, -52 kg vazn toifasida bellashuvlarda ishtirok etayotgan hamyurtimiz finalda Olimpiada oʻyinlarining ikki karra sovrindori, italiyalik Odette Juffrida bilan bellashdi. Murosasiz bellashuvda Juffridaning qoʻli baland keldi.
Diyora Keldiyorova oʻtgan yil Qatarda oʻtkazilgan jahon chempionatida ham kumush medalni qoʻlga kiritgandi.