Senatda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Adrian Bauer bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Foto: Senat.uz
Senat matbuot xizmati tomonidan ma'lum qilinishicha, tadbirda O‘zbekiston va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati gumanitar tashkiloti faoliyati, shu jumladan, uning maqomini qonunchilikda mustahkamlash, Jamiyatning 100 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazishga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, xalqaro gumanitar huquqni tatbiq etishning samarali mexanizmlari ham atroflicha muhokama qilindi.