Samarqandda YTHda Nexia mashinasi ikkiga boʻlinib ketdi

Samarqandda YTHda Nexia mashinasi ikkiga boʻlinib ketdi

20.05.2024 00:00 O'zbekiston 8

Samarqandda sodir boʻlgan YTHda natijasida "Nexia-2" yengil avtotransport vositasi ikkiga boʻlinib ketdi.

photo_2024-05-19_07-26-48

Foto: Samarqand viloyati IIB telegram sahifasi.

2024 yil 18 may kuni soat 23:00 larda Samarqand shahar “Xo‘jadonyor” MFY hududidan o‘tuvchi I.Karimov ko‘chasida, 1991-yilda tugʻilgan haydovchi "Neksiya-2" rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib yo‘lning o‘ng tomon chetki qismida joylashgan temir ustunga o‘ng yon tomon orqa eshigi bilan urilib YTH sodir qilgan. YTH oqibatida jarohat olganlar mavjud. 

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Barcha haydovchilardan transport vositasini boshqarish davomida xushyor sergak ogoh holda yoʻl harakati qoidalariga amal qilgan holda harakatlanishlarini soʻrab qolamiz", deyiladi Samarqand viloyati IIB tomonidan e'lon qilingan xabarda.