O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov WADA Prezidenti Vitold Banka va WADA jamoasi bilan uchrashdi.
Tadbir davomida mamlakatimizda sportning ommaviyligini ta'minlash, selektsiya tizimi va katta sportda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Shuningdek, “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo va Para Osiyo oʻyinlari uchun qurilayotgan Olimpiya shaharchasi bilan tanishtirildi.
Shu o'rinda, WADA prezidenti tomonidan mamlakatimizda antidoping sohasiga berilayotgan yuqori e’tibor va davlatimiz tomonidan xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi va amaliyotga tatbiq etilayotganligi e'tirof etildi.