Vladimir Putin O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Vladimir Putin O‘zbekistonga tashrif buyuradi

24.05.2024 00:00 O'zbekiston 7

oxdnEE16478648128426_l

O‘zbekiston – RF rahbarining yangi muddatga saylanganidan so‘ng Xitoy va Belarusdan keyingi uchinchi xorijiy manzili bo‘ladi. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida bir nechta hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26-27 may kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda ma’lum qilgan Putinning yordamchisi Yuriy Ushakovga ko‘ra, tashrif davomida qator hujjatlarni imzolash ko‘zda tutilgan.

“Hozircha shuni ayta olamanki, bugun-ertaga Belarusga tashrif bo‘ladi, yakshanba-dushanbada esa – O‘zbekistonga”, – degan Ushakovning so‘zlarini keltirdi “Interfaks”.

Tashrif davomida qandaydir hujjatlar imzolanishi kutilyaptimi, degan savolga, prezident yordamchisi: “Ha, rejalashtirilyapti. Bir nechta hujjatlar” deya javob bergan.

O‘zbekiston – RF rahbarining yangi muddatga saylanganidan keyingi uchinchi xorijiy manzili bo‘ladi. Vladimir Putin 16-17 may kunlari Xitoyda bo‘lgan, 23-24 mayda esa Belarusda mehmon bo‘ladi.