Rossiyada sodir bo‘lgan yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgan

Rossiyada sodir bo‘lgan yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgan

24.05.2024 00:00 O'zbekiston 6

s9iPAC17165349551171_b

foto:Izvestie

Moskva viloyatidagi yotoqxonada yong‘in yuz berib, oqibatda 8 kishi halok bo‘ldi. Elchixona ularning orasida O‘zbekiston fuqarolari ham borligi, vafot etganlarning shaxsini aniqlash ishlari olib borilayotganini bildirdi. 

23-mayga o‘tar kechasi Rossiyaning Moskva viloyatida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Ma‘lum qilinishicha, holat Istra shahri Padikovo qishlog‘ida joylashgan yotoqxonada yuz bergan.

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi konsullik bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, yonib ketgan uyda 20 ga yaqin xorijlik yashagan, ulardan 11 nafari O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan

Yong‘in oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, hozirda ularning shaxsi aniqlanmoqda. Halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor. Yog‘in oqibatida vafot etganlarning shaxsini aniqlash uchun Istra shahri sud-tibbiyot ekspertizasi byurosi tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Ish bo‘yicha tergov organi tomonidan Rossiya Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Vaziyat elchixonaning konsullik bo‘limi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi nazoratida ostida ekani ma’lum qilindi.