foto: Telegram / Kadyrov_95
U 27-may kuni ikki davlat rahbarlari — Shavkat Mirziyoyev hamda Vladimir Putin ishtirokida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi yig‘ilishida qatnashish uchun Checheniston delegatsiyasi boshchiligida Toshkentga keldi.
Ramzan Qodirov O‘zbekistonga yetib kelganida bosh vazir Abdulla Aripov kutib olgan.
“Uchrashuvda u Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi tufayli erishilgan sheriklik munosabatlarining strategik mohiyatini qayd etdi. Abdulla Nigmatovich, shuningdek, xalqlarimiz o‘rtasida azaldan do‘stona munosabatlar o‘rnatilgani va uni saqlab qolish zarurligini ta’kidladi”, — deb yozgan o‘zining Telegram kanalida.
“Ishonchim komilki, bizning hamkorlikdagi faoliyatimiz Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yangi bosqichga ko‘taradi hamda o‘zaro manfaatli aloqalarga xizmat qiladi”, — deydi Ramzan Qodirov.