foto: JST
“O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish qarorida qat’iy. Buning uchun barcha imkoniyatni ishga solamiz” — Jamshid Xo‘jayev
O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishi yuzasidan ishchi guruhning Jenevada bo‘lib o‘tgan sakkizinchi yig‘ilishida mamlakatning ushbu tashkilotga qo‘shilish uchun zarur islohotlarni amalga oshirish borasidagi saʼy-harakatlari yuqori baholandi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish qarorida qat’iy va biz sezilarli taraqqiyotga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz”, — degan tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev 2026-yilda Kamerunda bo‘lib o‘tadigan JST vazirlarining 14-konferensiyasigacha tashkilotga a’zo bo‘lishni nazarda tutib.
Jamshid Xo‘jayev yig‘ilishda ishtirok etayotgan delegatsiya a’zolarini O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish borasidagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Ularning hamkorligi, tajribasi va yordami bu boradagi muzokaralarining muvaffaqiyatli yakunlanishida hal qiluvchi ahamiyatga egaligini ta’kidladi.
Ishchi guruh raisi, Koreya Respublikasi elchisi Yun Son Dok muzokaralar sur’ati tezlashganini aytdi.
“Bugun biz yettinchi uchrashuvimizdan atigi olti oy o‘tib uchrashyapmiz. Ishchi guruh yig‘ilishlari oralig‘ining qisqargani faoliyatimiz jadal sur’atlar bilan rivojlanayotganidan dalolatdir”, — degan u.
U O‘zbekistonning muzokaralardagi muvaffaqiyatini yuqori baholadi va tashkilotga aʼzo bo‘lish jarayoni yangi bosqichga o‘tganini taʼkidladi.
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruh 1998-yilda tashkil etilgan edi. Keyingi yillarda ushbu ishchi guruh faqat uch marta uchrashdi va 2005-yillarning o‘rtalariga kelib bu borada xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlar to‘xtab qolgandi.