Tailand O‘zbekiston uchun vizasiz rejim joriy qilmoqda

Tailand O‘zbekiston uchun vizasiz rejim joriy qilmoqda

29.05.2024 00:00 O'zbekiston 5

s6ufvtcoqp45ceby3z59ikcwlvb8wuud

Tailand 1-iyundan mamlakatga vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar sonini 57 dan 93 taga oshirmoqda, ular orasida O‘zbekiston ham bor. Shuningdek, tashrif buyuruvchilarning qolish muddati 60 kungacha uzaytirilmoqda.

28-may kuni Tailand Vazirlar Mahkamasi ko‘proq sayyohlarni jalb qilish uchun bir qator yangi viza imtiyozlarini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Bangkok Post nashri.

Jumladan, vizasiz rejim, talabalar uchun uzoqroq qolish imkoniyati va nafaqaxo‘rlar uchun majburiy tibbiy sug‘urta darajasini pasaytirish bunga misoldir.

Hukumat vakili Chay Vacharonkening so‘zlariga ko‘ra, vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar soni 57 dan 93 taga ko‘payadi. 36 ta yangi davlat qatoriga Albaniya, Kambodja, Xitoy, Hindiston, Yamayka, Qozog‘iston, Laos, Meksika, Marokash, Panama, Ruminiya, Shri-Lanka va O‘zbekiston kiradi.

Avvalgi tartibda O‘zbekiston fuqarolari Tailandga yetib borgandan so‘ng 30 kun qolish sharti bilan viza olishlari kerak edi.