Senat Raisi Tanzila Narbayeva Ozarbayjonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Guseyn Guliyevni qabul qildi.

Senat Raisi Tanzila Narbayeva Ozarbayjonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Guseyn Guliyevni qabul qildi.

29.05.2024 00:00 O'zbekiston 6

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Ozarbayjonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Guseyn Guliyevni qabul qildi.

H6wHoSaboRoJstdzgb1Dq97USzMhC5

Foto: Senat.uz

Tomonlar ikki davlat yetakchilarining qatʼiy siyosiy irodasi va o‘zaro ishonchga asoslangan do‘stona munosabatlari tufayli O‘zbekiston hamda Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanib borayotganini alohida taʼkidladilar.

Muloqot chog‘ida mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va parlamentlararo aloqalarning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon parlamentlari o‘rtasida shakllangan munosabatlarning bugungi kundagi yuqori darajasidan kelib chiqib, kelgusi rejalar muhokama qilib olindi.