Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Asakabank» AJ, «Oʻzsanoatqurilishbank» ATB va AT «Aloqabank»ga tegishli «Toshkent City» xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi yangi koʻp qavatli binolar («Biznes markazlar») ommaviy savdolar orqali sotilishi toʻgʻrisida ma'lum qildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, bitimga «KPMG» kompaniyasi sotish jarayonini tashkil etish boʻyicha konsultant sifatida jalb qilingan.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mazkur sotuv jarayonlarini tashkillashtirishda tijorat banklari (aktiv egalari) va konsultant harakatlarini muvofiqlashtiradi.