Fuqaroni 50 ming dollar evaziga AQSHga yubormoqchi boʻlgan shaxs qo‘lga olindi

Fuqaroni 50 ming dollar evaziga AQSHga yubormoqchi boʻlgan shaxs qo‘lga olindi

31.05.2024 00:00 O'zbekiston 6

Samarqandda AQSH vizasini olib berish evaziga fuqarodan 50 ming dollar talab qilgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda Oʻzbekiston milliy axborot agentligi xabar berdi.

1408c8d702a4ed288878cc74ce4e78840531

Manbaga koʻra, Samarqand viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan noqonuniy migratsiyaning oldini olish, firibgarlarning qonunga xilof harakatlariga chek qoʻyish yuzasidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda fuqaro I.S. mahalliy fuqaro Sh.M.ga oʻzining tanishlari orqali AQSHga kirish vizasi tayyorlab berishi va u yerda yaxshi ish oʻrinlari bilan taʼminlashni vaʼda qilib, buning evaziga 50 ming AQSH dollari soʻragan.

Fuqaro I.S. 45 ming 600 AQSH dollari miqdoridagi pulni firibgarlik yoʻli bilan olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Mazkur holat yuzasidan I.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.