Jizzaxda milliy maqom sanʼati boʻyicha respublika koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi

Jizzaxda milliy maqom sanʼati boʻyicha respublika koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi

31.05.2024 00:00 O'zbekiston 5

Jizzaxda milliy maqom sanʼati boʻyicha respublika koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi. Bu haqida "Xalq so‘zi" gazetasi veb saytida xabar qilindi.

b89b51763f4266d3e352b0d6fb8006150531

Foto: xs.uz

Ma'lumotlarga ko‘ra, ikki kun davom etgan milliy maqom sanʼati boʻyicha respublika koʻrik tanlovi joriy yilning 27-30-iyun kunlari Zomin tumanida boʻlib oʻtishi kutilayotgan II xalqaro maqom anjumani doirasida oʻtkazilgan boʻlib, unda 18 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan 50 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashdi. Koʻrik tanlov yakuniga koʻra jizzaxlik Doston Toirov va Sanjar Oʻrinboyev (joʻrovozlar) “Eng yaxshi xonanda — erkak ovozi”, poytaxtlik Adolat ismoilova va Nafisa Farmonorva (joʻrovozlar) “Eng yaxshi xonanda — ayol ovozi”, Toshkent shahridagi Yunus Rajabiy nomli ansambl sozandalar jamoasi “Eng yaxshi maqom ansambli” hamda yana bir poytaxtlik Shohijahon Yoriyev “Eng yaxshi maqom sozandasi” yoʻnalishlari boʻyicha gʻolib deb topildilar.

10419057b1c2dc99b16f10f2658196c50531

Foto: xs.uz

Koʻrik-tanlov gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan taʼsis etilgan qimmatbaho sovgʻalardan tashqari II xalqaro maqom anjumanida ishtirok etish huquqini ham qoʻlga kiritishdi.