Senat Raisi Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori bilan uchrashdi

Senat Raisi Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori bilan uchrashdi

12.06.2024 00:00 O'zbekiston 5

Oliy Majlis Senati Raisi – Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha Milliy komissiya raisi Tanzila Narbayevaning Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bosh direktori Jilber Ungbo bilan Jeneva shahridagi uchrashuvida hamkorlik aloqalarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

QRRV6apiskeM02Ns3hXrKZabwYc1EU (1)

J.Ungbo O‘zbekistonni XMTning Maʼmuriy Kengashi aʼzoligiga saylangani bilan samimiy qutlab, O‘zbekistonda mehnat munosabatlari yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

Erishilgan natija va tajribani namuna sifatida mintaqa, qolaversa, jahon mamlakatlariga keng targ‘ib qilinayotganligini maʼlum qildi.

Muloqot davomida munosib mehnat tamoyillarini tizimli tatbiq etish ishlarini yana-da takomillashtirish, shuningdek, XMT bilan ijtimoiy adolat Global koalitsiyasi doirasida olib borilayotgan hamkorlik munosabatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Suhbat chog‘ida J.Ungboning O‘zbekistonga birinchi rasmiy tashrifi dasturi yuzasidan ham fikr almashildi.