Oliy Majlis Senati Raisi – Munosib mehnat va odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha Milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva Xalqaro Mehnat Tashkilotining departament direktori Korin Varga bilan uchrashdi.
Foto: Senat.uz
Senat matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda mehnat va ijtimoiy munosabatlar sohasidagi O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro Konvensiyalarning bajarilishi, ushbu yo‘nalishda boshqa Konvensiyalarga qo‘shilishi masalalari ko‘rib chiqilgan.
Mamlakatimizda xususiy sektor rivojlanib borayotganini hisobga olib, korxonalarda ish beruvchilar va xodimlar munosabatlarining huquqiy asoslarini yana-da kuchaytirish borasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.