Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi Toshkentda vafot etdi

Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi Toshkentda vafot etdi

14.06.2024 00:00 O'zbekiston 6

ezrnV917183451582287_b

2019-yildan beri Indoneziyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida ishlab kelgan Sunario Kartadinata 74 yoshida Toshkentda vafot etdi. 

Indoneziyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sunario Kartadinata 13-iyun kuni Toshkent shahrida vafot etdi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati xabar berdi.

1950-yilda tug‘ilgan elchi payshanba kuni soat 18:30 larda olamdan o‘tgan. Elchixona uning o‘limi sababiga aniqlik kiritmadi.

U 2019-yildan beri O‘zbekistonda diplomatik faoliyatini olib borayotgandi.

Tibbiyot fanlari magistri, professor Sunario Kartadinata bir vaqtning o‘zida Indoneziyaning Qirg‘izistondagi elchisi ham edi.