O‘zbekiston atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha MAGATE bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha MAGATE bilan hamkorlik qiladi

14.06.2024 00:00 O'zbekiston 7

c4d7db792517c9838b935b09e53df685

Joriy yilning 10-iyun kuni Avstriyaning Vena shahrida O‘zbekiston Energetika vaziri Jo'rabek Mirzamahmudov Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda O‘zbekistonda atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanishning barcha jihatlari bo‘yicha MAGATE bilan yaqindan hamkorlik qilinayotgani alohida ta’kidlandi.

Muloqotda shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni izchil davom ettirish masalalari muhokama qilindi.