Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila NarbayevaXalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori yordamchisi Mia Seppo bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila NarbayevaXalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori yordamchisi Mia Seppo bilan uchrashdi

14.06.2024 00:00 O'zbekiston 6

Oliy Majlis Senati Raisi – Munosib mehnat va odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha Milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva Jeneva shahrida Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori yordamchisi Mia Seppo bilan uchrashdi.

flmI0LeR9BAmLp0UeWivyDhY7lcVZv

Foto: Senat.uz

Unda xalqaro mehnat standartlarini joriy etish orqali ijtimoiy himoya tizimini yana-da takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mia Seppo O‘zbekistonda 2030 yilga qadar qabul qilingan Strategiyada aholi bandligini taminlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, norasmiy bandlikni bartaraf etish, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish kabi muhim chora-tadbirlar aks ettirilganligini olqishladi.

Shu bilan birga O‘zbekiston BMT Bosh kotibi tomonidan ilgari surilgan “Ish o‘rinlarini yaratish va ijtimoiy himoya global akseleratori” tashabbusini joriy etayotgan yo‘lboshchi davlatlardan biri ekanligini etiborga olib, ushbu yo‘nalishda tegishli davlat tashkilotlarimiz bilan aniq loyihalarni joriy etishga kelishib olindi.