Oʻzbekistonlik 6 nafar polvon Ginnes rekordini qayd etdi

Oʻzbekistonlik 6 nafar polvon Ginnes rekordini qayd etdi

14.06.2024 00:00 O'zbekiston 7

Oʻzbekiston tarixidagi birinchi jamoaviy sport boʻyicha Ginnes rekordi rasman «Guinness World Records» saytida joylashtirildi. Bu haqda GWR veb-saytida koʻrish mumkin.

43eee58244370ec705a478a5c9d187f10613

"Xalq so‘zi" nashri veb saytida xabar qilinishicha, Oʻzbekiston Bodibilding va fitnes federatsiyasining 7SABER brendi ostida ishtirok etgan olti nafar sportchidan iborat jamoasi - Bekzod Xudoyqulov, Sherzodbek Gaynazarov, Farhod Dadamuxamedov, Umid Xusanov, Baxshulla Sayfullayev va Abrorbek Fozilovlar «Silk Avia»ning 13,5 tonna ogʻirlikdagi samolyotini 100 metrga 46,7 soniyada tortib borib, Ginnes rekordini oʻrnatgan.

Rekord 15-may kuni Toshkent aeroportida Ginnesning rekordlar kitobi komissari Mbali Masechaba Nkosi ishtirokida hujjatlashtirilgan.