Bo‘stonliqqa olib boruvchi yo‘lda yangi tunnel ochildi

Bo‘stonliqqa olib boruvchi yo‘lda yangi tunnel ochildi

18.06.2024 00:00 O'zbekiston 10

9RkggT17186855250445_b

foto:YHXX

Toshkentdan chiqishdagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 avtomobil yo‘li kesishmasida yangi tunnel ochildi. 

Toshkent shahrining Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 avtomobil yo‘li chorrahasida transport bog‘lamasi qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi, deb xabar qildi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chimyon tog‘lari va Chorvoq suv ombori tomon harakatlanish uchun ushbu chorrahada tunnel ishga tushdi. Tunneldan o‘tish uchun ikki tomondan kelishda asosiy yo‘lning o‘ng tarafidagi qo‘shimcha tarmoqdan harakatlanish kerak.

5xhVXP17186855253642_b

 

Endi haydovchilar Yangi O‘zbekiston va 4R12 yo‘llari chorrahasida yuzaga keladigan katta tirbandliklarda turishlari shart emas.

Tunnel orqali og‘ir vaznli avtomashinalar va xavfli yuk tashuvchi transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Ular chorraha bo‘ylab harakatlanishi kerak.

YHXX haydovchilarga harakat yo‘nalishini ko‘rsatuvchi belgilar mavjudligini ham eslatib o‘tdi.

Ochilgan tunneldan tashqari Parkent-Toshkent yo‘nalishida ham yana bir tunnel qurish rejalashtirilgan.